Web sahifa yaratishni o'rganamiz

Interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqishning tartib-qoidalari mavjud bo’lib, ulardan asosiylarini sanab o’tamiz: 1. Web-sahifaning deyarli barcha qismi server dasturlari yordamida generatsiya (hosil) qilinadi va qayta ishlanadi. Misol sifatida biror web-sayt ichida (mail.ru yoki inbox.uz saytlarida) bepul elektron pochta ochishni ko’rsatish mumkin. Bu sahifalarda barcha ma’lumotlar server dasturlari tomonidan qayta ishlanadi: ma’lumotlar kiritish va ularni to’liqligini tekshirish; nom kiritish va uni “bo’sh” ekanligini tekshirish, tanlash uchun nomlar tavsiya etish; parol (mahfiy so’z) tanlash u bilan bog’liq amallar bajarish; birinchi marta ochilganda va tug’ilgan kunlarda tabriknomalar yuborish; va hokazo. 2. Web-sahifalar generatsiyasi uchun barcha ma’lumotlar tayyor ma’lumotlar omboridan olinadi. Ma’lumotlar omborlari maxsus kompyuterlarda turli ko’rinishlarda saqlanadi. Misol qilib, maktabingiz server kompyuterida o’rnatilgan elektron darslikni olish mumkin. Bu kabi darsliklarda web-sahifa ko’rinishida tashkil etilgan test ilovalari mavjud bo’lib, undagi test savollari avvaldan test omboriga joylashtirilgan bo’ladi. 3. Ko’pincha web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalaniladi. Bu cheklashlar turli mijozlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Oddiy mijozlar web-sahifani faqat ko’rib chiqish, boshqalari esa o’zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Masalan, elektron darsliklar misolida administrator, o’qituvchi va o’quvchi turli imkoniyatli web-sahifaga tashrif buyuruvchi hisoblanadi. 4. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa kirish imkoniyatini (inglizcha – logon) ko’zda tutgan bo’ladi. Albatta, har bir logon parol bilan birga ishlatiladi. Agar web-sahifaga tashrif buyurayotgan mijozda kirish logini va paroli bo’lmasa, web-sahifa registratsiyadan (ro’yxatdan) o’tishni tavsiya etadi. 5. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa registratsiyadan (ro’yxatdan) o’tish imkoniyatini ko’zda tutgan bo’lishi shart. Agar web-sahifa ommabop bo’lsa (internet-magazin yoki elektron pochta xizmati kabi), barcha tashrifchilar alohida web-sahifa ko’rinishida tashkil etilgan ro’yxatdan o’tkazish sahifasida ro’yxatdan o’tadilar. Agar yopiq web-sahifa bo’lsa, u holda registratsiya uchun administratorga murojaat qilinadi. 6. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa chiqish imkoniyatini ko’zda tutgan bo’ladi. Bu holda server dastur tashrifchisini “esdan” chiqaradi, ya’ni tashrifchini saytga kirganidagi foydalanilgan ma’lumotlar ro’yxatini, bog’lanishlarni, login va parolini o’chiradi. 7. Ommabop qidiruv tizimlari ruxsatni cheklashni ko’zda tutmaydi.

Yangiliklar.

Ezgu maqsad yo'lida xar on panox bo'lsin beshta tashabbus.Besh tashabbus xonadonlarimizda