Rasmga boshqa obyektlarni joylash

Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarni joylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz. Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4) nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi. Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan:

Yangiliklar.

Ezgu maqsad yo'lida xar on panox bo'lsin beshta tashabbus.Besh tashabbus xonadonlarimizda